Ilon Mask Durov va Sukerberg o‘rtasidagi farqni tushuntirdi
Meta (Facebook, Instagram, WhatsApp) rahbari Mark Sukerberg ham xuddi Telegram asoschisi Pavel Durov kabi hibsga olinmaydi, — dedi X ijtimoiy tarmog‘i (sobiq tvitter) rahbari Ilon Mask.
«Chunki u (Sukerberg) allaqachon senzura bosimiga bo‘ysungan. «Instagramda bolalarni ekspluatatsiya qilishda katta muammo bor, biroq Sukerberg hibsga olinmaydi, chunki u so‘z erkinligini senzura qiladi va hukumatga foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlaridan foydalanishga ruxsat beradi», dedi u.
Durov 24 avgust kuni tunda Parijda qo‘lga olindi. Fransiya huquq-tartibot idoralari telegram asoschisini «narkotik moddalar savdosi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlik»ga aloqadorlikda gumon qilmoqda. Ularning fikricha, messenjerda moderatsiya yetarli emas va Durov rasmiylar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda. Durov Fransiya fuqaroligiga ega.
Xabar qilinishicha, Durov 20 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mask avvalroq 2030 yilga borib Yevropada memlarga «yoqtirish» tugmasini bosganlar qatl etilishi mumkinligini haqida istehzo bilan yozgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter