Ilmiy darajaga ega xodimlarga maoshining 60 foizigacha qo‘shimcha haq to‘lanadi
Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Hukumat qarori (1030-son, 24.12.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning lavozim maoshiga:
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun – lavozim maoshining 30 foizigacha;
- fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun – lavozim maoshining 60 foizigacha qo‘shimcha haq to‘lash tizimi joriy etildi.
Qo‘shimcha haq tegishli mezonlarni bajarilishini baholash natijalari bo‘yicha hamda tarkibiy bo‘linma rahbarining taqdimnomasi va tashkilot kollegial organi qarori asosida har bir xodimning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga qo‘shgan hissasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Qaror bilan shuningdek, ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, qo‘shimcha haq bir martalik yoki oylik shaklda belgilanishi mumkin. Qo‘shimcha oylik to‘lovini belgilashning eng ko‘p muddati bir yildan oshmasligi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter