Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iliq ob-havo saqlanib turadi — «O‘zgidromet»

Iliq ob-havo saqlanib turadi — «O‘zgidromet»

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 25-29 sentyabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuzning birinchi oyi uchun xos bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi.

Haftaning birinchi yarmida respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Haftaning ikkinchi yarmida havo bulutli bo‘ladi, lekin hududning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ish haftasining eng oxirida — 29 sentyabr kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha esadi.

Kechalari va ertalabki soatlarda harorat 12-17 daraja atrofida nisbatan salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 25-30 darajagacha, ba’zi joylarda 32 darajagacha isitadi.

Tog‘li hududlarda ayrim kunlarda jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Poytaxtimizda 25-29 sentyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 13-16 daraja, kunduz kunlari 25-28 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring