Ilhomjon Ne’matov Moskvaga jo‘nab ketdi
2021-yil 14-yanvar kuni Ilhomjon Ne’matov Toshkent shahridan Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida ma’lum qilingan.
U 2021-yil 1-yanvarda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibining o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergandik.
Bundan avval I.Ne’matov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Ilhomjon Ne’matov iqtisod fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi yuqori diplomatik martabasiga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter