Ilhom Aliyev va Pashinyan yuzma-yuz uchrashadi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasidagi uchrashuv 5-oktyabr kuni Ispaniyaning Granada shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Armaniston Xavfsizlik kengashi o‘zining Facebook sahifasida xabar berdi.
Armaniston Xavfsizlik Kengashi kotibi Armen Grigoryan amaliy tashrif bilan Belgiya poytaxti Bryusselga boradi va u yerda 26-sentyabr kuni Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols, Yevropa Ittifoqi kengashi raisi Sharl Mishelning maslahatchilar bilan uchrashadi. Uchrashuvlarda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning yordamchisi ham qatnashadi.
«Biz 5-oktyabr kuni Granadada bo‘lib o‘tadigan yetakchilar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘ryapmiz», — deya qo‘shimcha qildi departament.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Ozarbayjon Qorabog‘da aksilterror operatsiya boshlanganini e’lon qilgandi. Natijada tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi taslim bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter