Ilhom Aliyev kutib olindi
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 8 noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan so‘ng, Oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT sammitida ishtirok etish uchun bunga qadar, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston Bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakar, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an poytaxtimizga yetib kelgani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter