Ilgari bajarilmagan 100 ta yuqori texnologik davolash usuli yo‘lga qo‘yilishi kerakligi ta’kidlandi
Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida qaysi shifoxona va laboratoriyada qanday jihoz soz yoki nosozligi bo‘yicha aniq hisob-kitob yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
Viloyat hokimlariga 25-aprelga qadar barcha birlamchi muassasalarni xatlovdan o‘tkazib ularga zarur bo‘lgan va ta’mirtalab jihozlar ro‘yxatini shakllantirish topshirig‘i berildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot asbob-uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish bo‘yicha taklif kiritadigan bo‘ldi.
22 ta respublika markazi yil yakuniga qadar O‘zbekistonda ilgari bajarilmagan kamida 100 ta yuqori texnologik davolash usullarini yo‘lga qo‘yishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Misol uchun, Gematologiya markazida maxsus operatsion kompleksni tashkil etish hisobiga oqqon kasalligiga chalingan bemorlar uchun ilik ko‘chirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter