Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkinchi jahon urushidan qolgan ulkan bomba portladi (video)

Ikkinchi jahon urushidan qolgan ulkan bomba portladi (video)

Skrinshot

Polshada Ikkinchi jahon urushida samolyotdan tashlangan bomba kecha portladi. Bu haqda «Unilad» yozmoqda.

Xabarga ko‘ra, 5,4 tonnalik bombaning tarkibida 2 400 kilogramm portlovchi modda bo‘lgan. Uni 1945-yilda buyuk Britaniya qirollik harbiy-havo kuchlari nemis kreyserini yo‘q qilish uchun tashlagan.

Shetsin portiga kiraverishda, salkam 80 yil suv tubida yotgan bomba 2019-yil sentyabrida aniqlangandi. 2020-yilning 14-oktyabr kuni mutaxassislar uni zararsizlantirishga borishdi. Maqsad bombani zararsizlantirish — portlovchi modda portlamasdan yonib ketishi kerak edi. Ammo reja o‘xshamadi.

Polsha harbiy-dengiz floti vakili Gjegoj Levandovskining ta’kidlashicha, portlash oqibatida hech bir inson jabr ko‘rmagan, g‘avvoslar uzoqda bo‘lishgan, bomba esa endi yo‘q.

Zararsizlantirish ishlari arafasida 2,4 kilometr radiusdagi aholi vaqtincha boshqa joyga ko‘chirilgan.

«Uzoq yillik kimyoviy jarayonlar bombani xavfli holatga keltirib qo‘ygan, istalgan yengil zarba, tebranish, bosim natijasida portlab ketishi mumkin», — deya ogohlantirgandi Levandovski zararsizlantirish ishlari arafasida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring