Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki viloyatda «metan zapravkalar»ning ish vaqti cheklanmoqda

Ikki viloyatda «metan zapravkalar»ning ish vaqti cheklanmoqda

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida «metan zapravkalar» faoliyatida cheklov o‘rnatilmoqda. 

Qashqadaryo viloyati hokimligi 8-dekabrdan, ertalab soat 6:00 dan 15:00 gacha faoliyat yuritishi haqida xabar berdi.

Stansiyalar faoliyati cheklanishi havo harorati keskin sovib ketishi tufayli tabiiy gaz birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obektlariga yetkazib berilishi bilan izohlanadi.

Surxondaryo viloyatida «zapravkalar» 7-dekabrdan boshlab, ertalab soat 8:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.

Avval Andijon va Qoraqalpog‘istonda shunday cheklovlar amalga kiritilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, 8-12-dekabr kunlari O‘zbekiston hududida ob-havo harorati tushib ketishi kutilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring