Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki oy ichida qariyb 13 ming kishi Toshkentda «uy sotib oldi»

Ikki oy ichida qariyb 13 ming kishi Toshkentda «uy sotib oldi»

Foto: xabar.uz

Propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha Prezident Farmoniga ko‘ra 2020-yil 1-apreldan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskasi bo‘lmagan fuqarolar ham ko‘chmas mulk sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bu imkoniyatdan o‘tgan 70 kunda foydalangan fuqarorlar Toshkent shahridan 12 799 ta, Toshkent viloyatidan esa 2 052 ta uy-joy oldi-sotdi bitimlarini notarial idoralarda rasmiylashtirishdi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Qayd etilishicha, notarial idoralar tomonidan ushbu davrda bu hududlarda jami rasmiylashtirilgan uy-joy oldi-sotdi bitimlarining deyarli 70 foizini aynan, propiskasi boshqa hududlarda bo‘lgan fuqarolar ishtirokidagi bitimlarga to‘g‘ri keladi.

20 yildan ortiq amalda bo‘lgan, Toshkentdan uy sotib olishdagi to‘siqlarning olib tashlanishi fuqarolarning uy-joyga ega bo‘lishida yuzaga kelgan turli muammolarini ham barham topishiga xizmat qildi.

Xususan, ko‘plab fuqarolar uyni Toshkentda propiskasi bo‘lgan tanishi nomiga rasmiylashtirib, keyin «o‘z uyida ijarachi» bo‘lib yashashga majbur bo‘lganligi ham sir emas. Farmon qabul qilinishi bilan yaratilgan imkoniyatdan birinchi navbatda shunday fuqarolar foydalanib, uylarini o‘z nomiga rasmiylashtirishdi.

Shubhasiz, qabul qilingan Farmon fuqarolarimizning erkin ko‘chib yurish va uy-joyga ega bo‘lish kabi muhim huquqlari kafolatini ta’minlashda tub burilish yasadi, deyiladi Adliya xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring