Ikki oy davomida internet va telefon aloqasi uzib qo‘yilmaydi
«Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Hukumat qarori (176-son, 23.03.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, fuqarolar tomonidan internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun 2 oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Barcha tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda xodimlar mehnat ta’tiliga chiqariladi, qolgan qismining mehnat faoliyati maksimal darajada masofadan turib tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter