Ikki nafar yosh yigit katta o‘g‘irlikda gumonlanmoqda — Toshkent
15-may kuni fuqaro X.Dilnoza bergan xabariga ko‘ra, noma’lum shaxslar Yunusobod tumanida joylashgan xonadoni qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, kalit tanlash yo‘li bilan uyga kirganlar.
So‘ngra ularning umumiy narxi 60.000 AQSh dollari bo‘lgan Koreya davlatida ishlab chiqarilgan «Chevrolet» rusumli avtomashinalarning turli xildagi ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketganliklari ma’lum bo‘lgan.
Tezkor qidiruv harakatlari jarayonida ushbu jinoyatni Yunusobod tumanida yashovchi talabalar 19 yoshli A.Zafarjon va 18 yoshli X.Abdulazizlar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan bir nechta turdagi avtomashina ehtiyot qismlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Zafarjon va X.Abdulazizlar protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter