Ikki Koreya rahbarlarining uchrashish sanasi ma’lum bo‘ldi

Janubiy va Shimoliy Koreya prezidentilari shu yil 18-19 sentyabr kunlari Pxenyanda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishadi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
«Kun tartibidagi asosiy masala Koreya yarimorolini yadroviy qurollardan xoli hududga aylantirishdir», – degan Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati vakili Im Chjon Sok.
«Shu paytgacha yadroviy qurollardan voz kechish Shimoliy Koreya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning kun tartibidagi masalasi edi. Hozir bu asosiy masala bo‘ladi. Buni ishchi uchrashuvlarda muhokama qilib bo‘lmaydi. Muhokama qilinsa ham kelishuvga erishilmaydi», – deya ta’kidlagan Im Chjon Sok.
Koreyalararo sammit 18-19 sentyabr kunlari Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda bo‘lib o‘tadi. Janubiy Koreya prezidenti Mun Che In Pxenyanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys bilan uchib keladi. Unga mamlakatdagi yirik kompaniyalar, jumladan, «Samsung Electronics», «Hyundai Motor Group», «SK Group i LG group» rahbarlari hamrohlik qilishadi.
Sammit arafasida, ya’ni kecha yakshanba kuni Pxenyanga 93 nafar Janubiy koreyalik siyosatchilar va jurnalistlar yetib kelishgan.
Eslatib o‘tamiz, Koreyalararo dastlabki sammit shu yil 27 aprel kuni Pxanmunjom qishlog‘ida o‘tkazilgan edi. Oradan bir oy o‘tib ikkinchi sammit bo‘lib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter