Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki dona lolani uzgan shaxs 1,7 mln so‘mga tushdi

Ikki dona lolani uzgan shaxs 1,7 mln so‘mga tushdi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, reyd davomida Ohangaron tumani Chetsuv MFY tog‘li hududida fuqaro I.E. tomonidan Qizil kitobga kiritilgan 2 dona  tog‘ lolasini uzib tabiatga zarar yetkazganligi aniqlangan.

«Ushbu holat uchun huquqbuzarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 1 mln 700 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar chorasi qo‘llanildi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring