Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iker Kasilyas Moskvaning «Lokomotiv» klubi bilan Toshkent «Lokomotiv»ini adashtirib yubordi

Iker Kasilyas Moskvaning «Lokomotiv» klubi bilan Toshkent «Lokomotiv»ini adashtirib yubordi

«Portu» darvozaboni Iker Kasilyas Moskvaning «Lokomotiv» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yinidan oldin «qovun tushirdi». Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Skrinshot: Twitter

Kasilyas Qizil maydonda sayr qilib, Twitter’ga o‘yin haqida xabar yozdi, ammo Moskva klubi o‘rniga Toshkentning «Lokomotiv» klubini belgilab qo‘ydi.

«JCh—2018 vaqtida televideniyedan to‘plagan tajribamdan so‘ng, @LokomotivUzb ga qarshi Chempionlar Ligasida o‘ynash uchun ushbu go‘zal shaharga qaytdim» — deb yozdi Kasilyas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring