Ijtimoiy tarmoqlar Trampning akkauntlarini nega blokladi?
AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning akkaunti bloklanishi fonida Twitter aksiyalari 3,77 foizga pasayib, 49,54 dollarni tashkil qildi, deb xabar berdi FOXBusiness.
Twitter «zo‘ravonlikka undash xavfi» tufayli AQSh rahbarining shaxsiy sahifasini bloklagandi. Biroz vaqt o‘tib, AQSh prezidentining rasmiy profili orqali Tramp jim turmasligini aytib bayonot berdi. Ushbu xabar ijtimoiy tarmoq moderatorlari tomonidan o‘chirib tashlandi. Trampning saylovoldi shtabi akkaunti ham bloklandi.
Twitter, Instagram, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar Trampning profillariga kirishni turli muddatga yopib qo‘ydi. Bunday choralarga Trampning namoyishchilarga qilgan murojaatlari sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni ular AQSh Kongressi binosiga hujum qilishgandi. Tramp ularni «vatanparvar» deb atadi va saylovlar soxtalashtirilganligini ta’kidladi. Ammo keyinchalik u o‘z tarafdorlarini tinch yo‘l tutishga chaqirdi va ularning harakatlarini qoraladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter