Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijtimoiy tarmoqlar insonlarning jonli muloqotiga ta’sir qiladimi? Olimlar bunga aniqlik kiritdi

Ijtimoiy tarmoqlar insonlarning jonli muloqotiga ta’sir qiladimi? Olimlar bunga aniqlik kiritdi

Ijtimoiy tarmoqlar insonlarning jonli muloqotiga ta’sir qilmaydi

Foto: «qz.com»

Amerikaning Kanzas universiteti olimlari keng tarqalgan fikrlarni inkor etdi: ijtimoiy tarmoqlar insonlarning jonli muloqotiga ta’sir qilmaydi va ularni do‘stlaridan va oilalaridan uzoqlashtirmaydi. Tadqiqot natijalari «Information, Communication & Society» ilmiy jurnalida chop etildi, deb xabar berdi «Lenta.ru».

Olimlar ikkita tajriba o‘tkazishdi. Birinchisida yoshlarning 2009 va 2011-yillardagi o‘zini tutishi tahlil qilindi. Aniqlandiki, ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi yoshlarning jonli muloqotga sarflaydigan vaqtiga umuman ta’sir qilmagan.

Ikkinchi tajriba 2015-yilda o‘tkazilgan. 116 nafar kishi tahlil qilgan, ularning yarimi talabalar, qolgan qismi — universitet bitiruvchilari. Ulardan doimiy ravishda kunlik jonli muloqot va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi so‘rab turilgan. Ma’lum bo‘lishicha, tarmoqdagi yozishmalar tajriba ishtiroqchilarning do‘stlari va yaqinlari bilan jonli muloqot olib borishiga ta’sir o‘tkazmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring