Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining 12 yillik ma’lumotlarini yo‘qotib qo‘ydi
«MySpace» ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilarining 12 yillik (2003—2015-yillar) ma’lumotlarini yo‘qotib qo‘ydi. Bu haqda «Xaytek» yozmoqda.
Ijtimoiy tarmoq 2015-yilgacha joylangan barcha audio, video va fotofayllaridan ayrildi. Taxminlarga ko‘ra, 14 million nafardan ortiq musiqachining 12 yil davomida joylangan 50 milliondan ziyod treklari yo‘qolgan.
Bloger hamda «Kickstarter» sobiq texnik direktori Endi Bayo shuncha ulkan ma’lumotlar bazasi «tasodifan yo‘qolib qolishi» mumkinligiga shubha bilan qaramoqda.
«MySpace» — musiqa ayirboshlashga ixtisoslashgan ommaviy ijtimoiy tarmoq. Shu tarmoq «Arctic Monkeys» guruhini va qo‘shiqchi Adelni jahonga tanitgan. «MySpace» 2006-yili AQShda hatto «Google»dan ham mashhur edi, biroq hozir Okeanortida «kuchli mingtalik»ka ham kirmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter