Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijtimoiy himoyaga muhtoj 26 nafar yoshlar davlat granti asosida yuridik kollejga qabul qilindi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj 26 nafar yoshlar davlat granti asosida yuridik kollejga qabul qilindi

Xabaringiz bor, joriy yilning 21-22 avgust kunlari respublikamizdagi barcha Yuridik kollejlarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tgan edi. Yuridik kollejlarga jami 8027 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Bu haqda Xabar.uz’ga Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar beribo‘tdi.

Shundan huquqshunoslik fanidan o‘tkazilgan yozma imtihonda abituriyentlarning 4369 nafari, Ona tili va adabiyoti fanidan o‘tkazilgan yozma imtihonda 4304 nafari ishtirok etdi. Ochiq, shaffof va adolatli tarzda o‘tgan imtihon natijalariga ko‘ra 2175 nafar talabgorlar Adliya vazirligining yuridik kollejlariga o‘quvchilikka tavsiya etildi.

Shu bilan birga, kam ta’minlangan oilalardan abituriyentlar, Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari hamda ko‘zi ojiz abituriyentlarning 26 nafari qabul kvotalaridan tashqari Adliya vazirligi tomonidan maxsus ajratilgan o‘rinlarga davlat grantlari asosida qabul qilindi.

Farzandlari va yaqinlarini qo‘llab-quvvatlashga kelgan ota-onalar va boshqa qarindoshlar uchun kutish joylari hamda imtihon jarayonlarini kuzatib borishlari uchun monitor o‘rnatildi.

Yuridik kollejlarda qanday mutaxassislar tayyorlanadi?

Yuridik kollejlar davlat xizmatlari bo‘yicha yurist, kadrlar masalalari bo‘yicha yurist, shartnomaviy masalalar bo‘yicha yurist, agrar sektorda yurist, notariat bo‘yicha yurist, advokatura bo‘yicha yurist, ijro ishi bo‘yicha yurist kasblari bo‘yicha mataxassislar tayyolab, yuridik kollejlarni bitirgan yoshlar sudlarda, adliya, prokuratura, ichki ishlar organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat bo‘linmalari, FHDYo organlari va advokatlik tuzilmalarida faoliyat yuritishi mumkin.

Bitiruvchi qanday imkoniyatlarga ega?

Kollej bitiruvchilari uchun eng muhim imtiyozlardan biri bu ular hududiy adliya organlarining yo‘llanmalari bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetiga test sinovlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali ikkinchi kursdan o‘qishga qabul qilinadi.

Shuningdek, kollej bitiruvchilarini kelgusida ish joyi bilan ta’minlash Adliya vazirligi tomonidan kafolatlangan.

Eslatma: yuridik kollejlar 2018 yilda Adliya vazirligi tizimiga o‘tkazilganidan so‘ng joriy yildan boshlab ilk marotaba qabul jarayoni bo‘lib o‘tdi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring