Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIVning rahbar xodimlari lavozimidan chetlatildi

IIVning rahbar xodimlari lavozimidan chetlatildi

Foto: «Xabar.uz»

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev hamda IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni Dmitriy Pan lavozimidan ozod qilindi.

18-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi qarorni imzoladi, deya xabar qilgan «Gazeta.uz»ning hukumatdagi axborot manbasi.

19-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi hujjatni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov o‘qib bergan.

Muhiddin Jo‘rayev 2018-yil dekabri oxirida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.  Avval u Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i  (2016−2018-yillar) hamda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i (2014−2016) lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

IIVning boshqa mas’ul xodimlarining ham lavozimlaridan chetlashtirilgani haqidagi xabarlar kelib tushmoqda. Nashr ayni vaqtda faqatgina IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Valerevich Panning lavozimdan ozod qilinganini tasdiqlata olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring