IIVning ko‘ngilli xodimlari qon topshirishdi
Kecha, 30-mart kuni Ichki ishlar vazirligida Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar mashg‘ulot yakunida seminar ishtirokchilari va bir guruh xodimlardan iborat jami 50 nafarga yaqin faol yosh xodimlar Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti Respublika Qon markaziga borib, og‘ir turdagi bemorlar va bolalar uchun ixtiyoriy ravishda qon topshirdilar.
Aytish mumkinki, bu tadbir IIV Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashining tashabbusi va yosh xodimlarning qo‘llab-quvvatlashi natijasida ilk marotaba tashkil etilib, bu kabi xayrli tadbirlarni kelgusida ichki ishlar organlarining barcha tizimlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bu haqda saytimizga Ichki ishlar vazirligi Yoshlar ittifoqining Yetakchilar kengashi xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter