Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV YHXBB uch oy ichida qariyb 19 milliard so‘mlik avtomobillar sotib oldi

IIV YHXBB uch oy ichida qariyb 19 milliard so‘mlik avtomobillar sotib oldi

Ijtimoiy tarmoqlardagi Ichki ishlar vazirligi YHXBB tomonidan sotib olingan mashinalar haqida xabarlar tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmati ushbu xabarlarga munosabat bildirdi.

«Haqiqatan ham, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida, xizmatda foydalanish uchun 2020 yil avgust-oktyabr oylarida 15 ta «Equinox AT», 20 ta «Cobalt GS/16MTB», 13 ta «Lacetti 1,5 (L-Comfort Plus)», 1 ta «Lacetti 1,5 (L-Elegant/AT Plus)», 2 ta «Volkswagen Caddy (Trendline)», 14 ta «Avtobus (SAZ HC-40)» va 16 ta «Malibu-2» rusumli avtotransport vositalari 18 milliard 789 million 813 ming so‘mga xarid qilindi.

Ushbu avtotransport vositalari faqat xizmat vazifalarni bajarish maqsadida xarid qilinganligini ma’lum qilamiz», – deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring