Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YHXBB sovuq tushishi sabab haydovchilarni ogohlantirdi

YHXBB sovuq tushishi sabab haydovchilarni ogohlantirdi

30-sentyabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 1-3-oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga bo‘yi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo kirib kelib havo sovushi kutilmoqda.

1-2-oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 3-oktyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, 2-3 oktyabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.

30-sentyabrda va 1-2-oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Havo harorati pasayishi sababli YHXBB haydovchilarni ogohlantirdi.

«Ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi kutilayotganligini inobatga olib, barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligini tekshirib, shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi belgilangan me’yorda bo‘lishiga e’tiborli bo‘lib, yo‘llarda o‘ta ehtiyotkorlik bilan qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanishlarini so‘raymiz»,—deyiladi xabarda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring