Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV YHXBB Ohangarondagi jinoyatni fosh etishda amaliy yordam so‘radi

IIV YHXBB Ohangarondagi jinoyatni fosh etishda amaliy yordam so‘radi

Foto: «Xabar.uz»

2019 yil 2 dekabr kuni tonggi soat 05.30larda «Olmaliq-Toshkent» avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani hududidan o‘tgan 6-kilometrida noma’lum haydovchi, noma’lum transport vositasini boshqarib ketayotib yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Hodisadan so‘ng haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmasdan, voqea joyidan qochib ketgan. Piyoda olgan og‘ir darajadagi tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismi va 117-modda 2-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda noma’lum haydovchini aniqlash yuzasidan qidiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ushbu holat yuzasidan biror-bir ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan jinoyatni fosh etishda amaliy yordam ko‘rsatishlarini hamda (71)-267-63-79, (71)-267-63-15 yoki (98)-309-87-88 telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, mavjud ma’lumotlarni taqdim etishlarini so‘ragan.

IIV YHXBB ma’lumot taqdim etgan fuqaroning shaxsi oshkor etilmasligi kafolatlanishini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring