IIV tarbiyasiz tik-tokchilarni ogohlantirdi
Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Tik-Tok platformasida turli masxaranomuz, odob-ahloq qoidalariga zid harakatlari tasvirlangan video maulliflarini ogohlantirdi.
«Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarning Tik Tok platformasida — fuqarolarimizni ayniqsa yoshlarimizni o‘zlariga e’tibor jalb qilish maqsadida, turli masxaranomuz, odob-ahloq qoidalariga zid harakatlari tasvirlangan videolarini ko‘plab kuzatyapmiz», — deydi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov.
«Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni tarbiyasiz va odobsiz qiliqlariga ko‘z yumsangiz, biz bunday axloqsizlika yo‘l qo‘ymaymiz.
Esingizda bo‘lsin, farzandingizga ham buni uqtiring, fuqarolarning osoyishtaligini hamda jamiyatda yurish turish qoidalarini buzish — mayda bezorilik hisoblanadi va 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanadi.
Ogohlantiramiz! Farzandlaringizni nazorat qiling, yoshligidan taltaytirib, keyin afsuslanib yurmang», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter