Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV qurol sotilayotgan do‘konlar haqida ma’lumot berdi

IIV qurol sotilayotgan do‘konlar haqida ma’lumot berdi

Illyustrativ surat

Qarshida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov qurol sotadigan do‘konlar haqida ma’lumot berdi.

«Marhum yonida pnevmatik qurol olib yurgan, mashinadan ham chiqqan. Pnevmatik to‘pponcha havo va gaz bilan tayyorlanadigan qurol desayam bo‘ladi. Hozir Qarshi va Toshkentdagi qurol do‘konlarida sotilyapti», dedi Bobojonov.

Vazirning aytishicha, ayni paytda qurol do‘konlarini tartibga solish bo‘yicha hujjat tayyorlanmoqda. Hozirga qadar bo‘lgan davrda sotilgan qurollarning esa hisobi yuritilmagani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, anjumanda Oliy sud raisi Kozimjon Komilov Elbek Rahimovning qotillari ishi ochiq sudda ko‘rib chiqishini aytgandi.

Ichki ishlar vaziri esa ushbu dahshatli qotillikka nima sabab bo‘lganini aytib bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring