IIV ogohlantiradi: Notanishlarga xonadon eshigini ochmang!
Shu yilning 8-iyul kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashagan fuqaro V.U. ismli ayolning jasadi o‘z uyidan qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 7-iyul kuni ayolning uyiga eski buyumlarni sotib olish uchun kelgan Jizzax shahrida yashovchi F.H. amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi. Jinoyatchi ayolning nafaqa puli olganligini bilib, ushbu pullarni qo‘lga kiritish maqsadida V.U.ning boshiga bolg‘a bilan urib, qasddan o‘ldirgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan.
Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan notanish odamlarga xonadoni eshigini ochmasligini so‘ragan.
«Agar ular turli tashkilotdan kelganligi xususida so‘z ochib, uyingizga kirish istagini bildirsa, shaxsini tasdiqlovchi maxsus guvohnomalarini ko‘rsatishini talab qiling! Ogoh bo‘ling!», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter