IIV joriy yilda Toshkent shahrida qancha odam doimiy propiska qilinganini ma’lum qildi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida intervyu va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda qatnashgan vazirlik mutasaddilari jurnalistlar uchun bir qancha qiziq statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
Jumladan shu vaqtga qadar jami 580 ming 353 nafar kishiga biometrik pasport, 312 ming 264 kishiga xorijga chiqish biometrik pasportlari rasmiylashtirib berilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining 9 ta farmoniga asosan 2072 nafar kishi mamlakat fuqaroligiga qabul qilingan.
Toshkent shahriga 16 ming 785 nafar, Toshkent viloyatiga 6411 nafar fuqaro doimiy ro‘yxatga qo‘yildi.
Shuningdek, 83 654 nafar kishi Toshkent shahriga turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan.
Tez orada IIV bilan ochiq muloqotning boshqa tafsilotlarini e’tiboringizga havola etamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter