IIV «buyurtma» davlat raqamli mashina fotosini «feyk» deya ma’lum qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda UMO seriyali davlat raqami taqilgan BMW avtomobilining suratlari tarqalgach, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur seriyali davlat raqami bo‘yicha izoh bergandi.
Unga ko‘ra, UMO seriyali xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgilari bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari asosida buyurtmaga muvofiq o‘rnatilgan tartibda transport vositalariga rasmiylashtirib berilgani qayd etilgandi.
Bugun esa O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan aynan 01 088 UMO davlat raqami belgisi biron-bir yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasiga rasmiylashtirilmagan, deb bayonot berdi.
Shuningdek, tarmoqlarda tarqalgan ovoz YPX xodimiga tegishliligi haqida asosli ma’lumotlar mavjud emasligini, xodimlarga ushbu harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat raqami belgili transport vositalarini to‘xtatmaslik bo‘yicha topshiriqlar berilmaganligini ma’lum qildi.
Biroq bu bilan ijtimoiy tarmoqlarda holat bo‘yicha yuzaga kelayotgan savollar to‘xtagani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter