Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB: Talabani zo‘rlamoqchi bo‘lgan dekan o‘rinbosari qamoqqa olindi

IIBB: Talabani zo‘rlamoqchi bo‘lgan dekan o‘rinbosari qamoqqa olindi

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 3-kurs talabasini dekan o‘rinbosari o‘z xonasida zo‘rlashga uringani, so‘ng qarshilik ko‘rsatgani uchun derazadan itarib yuborgani haqida xabar berilgandi. Holat prokuratura tomonidan o‘rganilayotgani aytilgandi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

«Joriy yilning 18 oktyabr kuni taxminan soat 16.00 larda 1984 yilda tug‘ilgan Yu.Bag‘ibek o‘zining xizmat xonasida 2001 yilda tug‘ilgan K.Mushtaribonuning nomusiga tegmoqchi bo‘lganda o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda jinoiy qilmishini oxiriga yetkaza olmagan. So‘ng jinoyatini yashirish maqsadida K.Mushtaribonuni derazadan pastga itarib yuborgan», deyiladi IIBB xabarida.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi («Nomusga tegish») va 105-modda («Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yu.Bag‘ibekka nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring