Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB qo‘lga olingan bir guruh shaxslar haqida ma’lumot tarqatdi

IIBB qo‘lga olingan bir guruh shaxslar haqida ma’lumot tarqatdi

Jinoyat sodir etgan ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz IIBBga xabar bering, deyiladi xabarda.

Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning «Dolzarb qirq kunligi» doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlandi. Ushbu shaxslar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan:

  1. 1988 y.t. Islamov Otabek Shuxratovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi tovlamachilik; 168-moddasi firibgarlik);
  2. 1988 y.t. Salimbekov Azamat Avazjonovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
  3. 1988 y.t. Minovarov Shuxrat Akbarovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik, 168-modda firibgarlik);
  4. 1992 y.t. Minovarov Shovkat Akbarovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);
  5. 1977 y.t. Urazov Marat Pulatovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi, ko‘p miqdorda firibgarlik);
  6. 1992 y.t. Isaxunov Abduqodir Toxir o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi, bezorilik, 168-moddasi firibgarlik).

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring