Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB xodimlari nega kishan taqib olib ketishdi? Holatga rasmiy izoh berildi

IIB xodimlari nega kishan taqib olib ketishdi? Holatga rasmiy izoh berildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Joriy yilning 27-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Namangan viloyati Pop tumanidagi tadbirkorni urgan va qo‘lini sindirgan IIB xodimlariga jazo bormi?» nomi ostida videolavhalar tarqatildi.

Namangan viloyati IIB ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Pop tumani IIB 7-sonli IIB XPG profilaktika inspektori 2020 yilning 27 oktyabr kuni soat 14:00larda, o‘ziga biriktirilgan Pop tumani Qo‘shminor MFYda joylashgan, Pop tumanida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan ayolga tuman xokimligi tomonidan tadbirkorlik qilish uchun ajratilib berilgan yer maydoniga Qo‘shminor MFY raisi hamda tuman yer kadastr bo‘limi mutaxassislari bilan birgalikda ayol arizasini o‘rganish uchun boradi.

Shu vaqtda, Pop tumani G‘urumsaroy MFYda yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zboshimchalik bilan yerni egallab olib, texnikalarni ishlatayotganligi aniqlangan.

Fuqaroga bu harakatlari qonunga to‘g‘ri kelmasligi tushintirilgan vaqtida, u ko‘pchilik oldida arizachi ayolni so‘kib, haqorat qilgan, shundan so‘ng fuqaroni tinchlantirish uchun XPB profilaktika inspektori uni tartibga chaqirgan. IIB xodimini ham haqorat qilib, uning qonuniy talabiga bo‘ysunmagani uchun uni yaqin IIO tayanch punktiga olib borish maqsadida chap qo‘l bilak sohasiga qo‘l kishani solinib, olib ketilayotganda fuqaro «Meni shifoxonaga olib boringlar» degan, shundan so‘ng Pop tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va sodir etilgan huquqbuzarlik holati yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Fuqaro Pop tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilib, Pop tuman IIB 7-son IIB XPG TP katta inspektori tomonidan unga nisbatan tan jarohati yetkazganligini bayon qilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi Pop tumani bo‘limining 27.09.2020 yildagi dastlabki ma’lumotnomasida fuqaroning jarohati — chap bilak yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi va shilingan jarohatlar aniqlanganligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasiga xabar berilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, — deyiladi Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring