Jurnalistlarni kaltaklagani aytilgan IIB xodimlari bo‘yicha tergov boshlandi
11-iyun kuni Toshkent shahridagi «Paxtakor» stadionida futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi chorak finali doirasida O‘zbekiston – Iroq o‘yinini yoritishga borgan «Sevimli» telekanali muxbiri va tasvirchisi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘rtasida kelib chiqqan holat o‘rganildi.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishildi.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan alohida nazorat o‘rnatildi.
Ta’kidlash joiz, Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov jurnalistlarning kaltaklanishi yuzasidan bayonot berib, unda IIB xodimlari OAV vakillarini kaltaklaganini rad etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter