Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IFFHS futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar reytingini tuzdi

IFFHS futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar reytingini tuzdi

Foto: IFFHS

IFFHS (Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi) futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar reytingini tuzdi.

Lev Yashin tarixdagi eng yaxshi darvozabon deya e’tirof etildi. Reytingda italiyalik Janluiji Buffon ikkinchi, nemis Manuel Noyer uchinchi o‘rinni band etdi.

Shuningdek, eng yaxshi darvozabonlar o‘nligiga ispanlar — Iker Kasilyas va Rikardo Samora, ingliz — Gordon Benks, chex — Petr Chex, italyan — Dino Dzoff, nemislar — Zepp Mayer va Oliver Kan kiritildi.

Lev Yashin «Dinamo» (Moskva)da 1950–1971-yillarda, ittifoq terma jamoasida 1954–1967-yillarda to‘p surgan. «Dinamo» bilan 5 marta mamlakat chempionatini yutgan, uch marta kubokni qo‘lga kiritgan. Sobiq ittifoq terma jamoasi safida Olimpiya o‘yinlari (1956) va Yevropa chempionati (1960) g‘olibi bo‘lgan. Yashin uchta jahon chempionati (1958, 1962, 1966)da qatnashgan.

Lev Yashin — «Oltin to‘p» bilan taqdirlangan yagona darvozabon.

1990-yilning 20-martida 61 yoshida Moskvada vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring