Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Identifikatsiya vositalari bilan majburiy markirovkalanadigan mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi

Identifikatsiya vositalari bilan majburiy markirovkalanadigan mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi joriy etilishi mumkin. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar «Asl belgisi» mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimini ishlab chiqishi belgilangan.

Shuningdek, identifikatsiya vositalari bilan majburiy markirovkalanadigan va kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga quyidagi mahsulot turlari kiritilmoqda:

  • Tamaki mahsulotlari;
  • Alkogol mahsulotlari;
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlar;
  • Maishiy texnika;
  • Suv va salqin ichimliklar.

Qaror loyihasi bilan tanishish, taklif va mulohazalarni  bildirish joriy oyning 15- sanasiga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring