Ichki ishlar xodimlarining maoshini oshirish yo‘li ko‘rilyapti — Shavkat Mirziyoyev
![Ichki ishlar xodimlarining maoshini oshirish yo‘li ko‘rilyapti — Shavkat Mirziyoyev](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_1898863872.jpg)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida jinoyatchilik haqida gapirib o‘tdi.
— Jinoyatchilik nimaga oshib ketyapti? Ularni panohiga olib o‘tirganlar kimlar? Har birining tagiga yetish kerak. Qonun ustivor, jazo muqarrar ekanini hamma bilishi shart.
Qo‘qonda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha islohotlarni hali oxiriga yetkazganimiz yo‘q. Qo‘qon xalqi olib borilayotgan ishlarni his qilishi kerak.
«Uchastkovoy» bilmaydimi qayerda jinoyat bo‘lganini? Endi ularni sudga sudrashni bekor qilinglar. «Uchastkovoy» jinoyatchini sudga olib borish uchun yarim kunlab vaqt yo‘qotmasin.
Men ichki ishlar xodimlaridan minnatdorman. Pandemiya vaqtida osoyishtaligimizni ta’minlash bo‘yicha ular o‘zini ko‘rsatdi. Shuning uchun ularning maoshini ko‘tarish, sifatli o‘qitish va yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘ryapmiz.
Jinoyatchilikni kamaytirsak xalq bizdan rozi bo‘ladi. Ilgari ikki-uch mahallaga bitta nozir bor edi. Har qancha og‘ir bo‘lsa ham har bitta mahallaga ichki ishlar xodimi qo‘ydik.
Agar jinoyat bilan birga korrupsiyani ham jilovlasak, rivojlanish bo‘ladi, — dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter