Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga yana bir yuqori lavozim yuklatildi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosariga yana bir yuqori lavozim yuklatildi

Foto: IIV matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Ikromov yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 2020-yil 19-fevral kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifasini bajarish yuklangan. U bir vaqtning o‘zida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidagi faoliyatini ham davom ettiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring