Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

General-mayor Azizbek Ikromov yuklatilgan qo‘shimcha lavozimidan ozod etildi

General-mayor Azizbek Ikromov yuklatilgan qo‘shimcha lavozimidan ozod etildi

Foto: IIV axborot xizmati

Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Ikromov Prezidentning 18-yanvardagi farmoni bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil noyabr oyidan beri Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Azizbek Ikromovga 2020-yil fevral oyida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari vazifasi ham yuklangandi.

Ikkinchi vazifasini bajarishda ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun vazir Rahmat Mamatov, vazir o‘rinbosari Botir Parpiyev qatorida Azizbek Ikromov ham hayfsan olishga ulgurgandi.

Endi u faqat Ichki ishlar vazirligidagi faoliyatini davom ettiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring