Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Filippinda amaldor koronavirusni ikkinchi marta yuqtirib oldi

Filippinda amaldor koronavirusni ikkinchi marta yuqtirib oldi

Foto: «Twitter.com»

Filippin ichki ishlar vaziri va mahalliy hukumat boshlig‘i Eduardo Ano koronavirusga takroran chalinganini ma’lum qildi. Birinchi safar mart oyida 58 yoshli amaldorning COVID-19ga test natijalari musbat chiqqandi. Shundan so‘ng muolaja olgan.

Anoning so‘zlariga ko‘ra, 13-avgust kuni uning tomog‘i og‘rib, badani zirqiray boshlagan. Amaldor darhol o‘z-o‘zini yakkalab, yana test topshirgan, deya xabar berdi «TASS».

«15-avgust kuni test natijalarimni oldim. Unga ko‘ra menda yana koronavirus aniqlanibdi», — deya ta’kidlagan Ano.

Oxirgi paytlarda u bilan aloqada bo‘lganlarni ogohlantirish uchun yana koronavirusga chalinganini e’lon qildi.

«Bu bayonotimdan maqsad virusning jiddiyligiga e’tibor berish, barchani tibbiy niqob taqishga, qo‘llarini tez-tez yuvishga hamda ijtimoiy masofa saqlashga chaqirishdan iborat», — deydi amaldor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring