Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining vakolatlari kengaytiriladi

Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining vakolatlari kengaytiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan «Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Mutasaddilarning aytishicha, ushbu qonun loyihasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatdan foydalanish va jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir vakolatlarini kengaytirish, ushbu sohadagi ma’muriy huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish tizimini samarali tashkil etish tartibini belgilaydi.

Shuningdek, jamiyatda qonuniylik va qonun ustuvorligi muhitini mustahkamlashga hamda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda deputatlar qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini birdirdi. Ushbu hujjatning bugungi kundagi ahamiyati va zaruratini e’tiborga olib, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surishdi.

Qo‘mitada qonun loyihasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring