Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar organi xodimiga pichoq bilan tashlandi — rasmiy munosabat

Ichki ishlar organi xodimiga pichoq bilan tashlandi — rasmiy munosabat

Foto: Skrinshot

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan videotasvir yuzasidan munosabat bildirildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Qarshi shahar «Temir yo‘lchi» MFYda yashovchi fuqaro N.L. 2021-yil 19-fevral kuni soat 00:05larda shahardagi «Viktoriya» restoraniga ikki nafar tanishi A.T. va Sh.S. bilan borib, restoran ishchisi S.A.ga «Musiqani o‘chirsang, shu pichoqni peshanangga otaman», deb qo‘rqitib, janjal qilgan. Natijada N.L.ni tinchlantirish uchun restoranga kelgan ichki ishlar organlari va milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talabini bajarish o‘rniga faol qarshilik ko‘rsatib, sherigi A.T. bilan ikki nafar ichki ishlar organlari xodimining yoqasidan tutib, siltab tashlab qochishga uringan. Restorandan ko‘chaga chiqqan N.L. qo‘lidagi pichoq bilan yana bir nafar ichki ishlar organi xodimiga shikast yetkazmoqchi bo‘lganida xodim chap berib yiqilib, tan jarohati olgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida shu kuni N.L. zararsizlantirilib, ushlangan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan N.L. va A.T.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Tergov harakatlari tamomlanib, sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudning 2021-yil 2-avgust kunidagi hukmi bilan N.L va A.T. tegishli jazoga tortilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring