«Ichan-Qal’a» muzey-qo‘riqxonasidagi ekponatlarning bir qismi soxtaligi aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi «Ichan-Qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasida o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish davomida bir qator kamchilik va muammolar aniqlandi.
Xususan, ayrim ashyolarning tavsiflariga o‘zgartirishlar kiritilganligi yuzasidan asoslovchi hujjatlar mavjud emas, deb topildi.
O‘rganish davomida noyob ashyolar ro‘yxatiga kiritilgan ashyolar xatlovdan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, jami 101 Ta muzey ashyolari kirim kitobi tavsifnomalariga o‘lchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlandi.
Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xat-hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter