HUMO o‘z terminallarini vaqtincha chekladi
Bugun, 5-aprel soat 12:30dan 13:00gacha terminallarni HUMO protsessingiga ulashda qisqa muddatli qiyinchiliklar yuzaga keldi. Soat 13:00ga kelib bu holat bartaraf etildi va HUMO kartalari bilan barcha operatsiyalar qayta tiklandi.
Biroq, soat 15:00dan keyin kartalardan mablag‘larning ikki marotaba yechib olish va muvaffaqiyatsiz tranzaksiyalar natijasida ham ikki marotaba yechib olishlar kuzatilgan. Kelajakda bu kabi xavflar va nosozlik holatlari takrorlanmasligi uchun vaziyat sabablari to‘liq aniqlanib, bartaraf etilguniga qadar HUMO o‘z terminallari va to‘lov ilovalarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Qayd etilishicha, hozirda mobil ilovalarning ishlashi qisman tiklangan, yaqin vaqt ichida HUMOning boshqa barcha xizmatlari to‘liq hajmda ishlay boshlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter