Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

HUMO bankomatlarining 24/7 tartibida ishlashi yo‘lga qo‘yildi

HUMO bankomatlarining 24/7 tartibida ishlashi yo‘lga qo‘yildi

HUMO to‘lov tizimiga oid 2500ta bankomat 2019-yilning yakuniga qadar butun mamlakat bo‘ylab o‘rnatiladi. Toshkent shahrida 50dan ortiq baknomatlar kunu tun xizmat ko‘rsatmoqda. Eng yaqin joylashgan bankomatni xaritada topish mumkin.

2019-yilning 1-iyunidan boshlab milliy to‘lov tizimi ishtirokchilari bo‘lgan banklar HUMO kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlarni o‘rnata boshladilar. Toshkent shahrida shu kunga qadar 50dan ortiq bankomatlar o‘rnatilib, aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Poytaxt aholisi ushbu bankomatlar orqali naqd pul mablag‘larini kunu tun yechib olishi mumkin. Mablag‘larni yechib olishga doir cheklashlar banklar tomonidan belgilanadi. Yaqin kunlarda 24/7 tartibida xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida yana 280ta bankomat o‘rnatiladi.

«Banklar HUMO to‘lov tizimi rivojlanishiga yordam berayotganligidan va uni qo‘llab-quvvatlayotganligidan xursandmiz. Toshkent shahrida 50dan ortiq baknomatlar 24/7 tartibida ishlamoqda. Joriy yilning yakuniga qadar mamlakat bo‘ylab bankomatlar sonini 2500gacha ko‘paytirish rejalashtirilmoqda», – deydi Banklararo milliy protsessing markazi (BMPM) direktori Shuhratbek Qurbonov.

Bankomatlar metro bekatlarining o‘tish joylarida, istiroxat bog‘lari yaqinida, bozorlar hududlarida va odamlar ko‘p to‘planadigan boshqa joylarda o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 1-mayidan boshlab HUMO to‘lov tizimining NFC-modullari bilan jihozlangan kartalarining birinchi emissiyasi boshlandi. Butun mamlakat bo‘ylab bankomatlarni o‘rnatish O‘zbekistonning boshqa shaharlari aholisi uchun kartalarni chiqarish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring