Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Human» bandlik agentligiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

«Human» bandlik agentligiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

16-sentyabr kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIO FMB jamoaviy ariza kelib tushdi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jami 52 kishidan tashkil topgan va respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi arizachilar ma’lum qilishlaricha, ular O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2018-yil noyabr oyida taqdim etilgan tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan «Human» bandlik agentligi» MChJ bilan 2018 yilning noyabr oyidan 2019-yilning sentyabr oyigacha shartnomalar tuzishgan. Shartnomalarga ko‘ra, MChJ ularni Yevropa davlatlarida, xususan, Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Turkiya, Bolgariya va Litvada ishga joylashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan. Buning uchun har bir arizachi MChJning hisob raqamiga 18 dan 35 million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi mablag‘ni ko‘chirgan. Shu tarzda «Human» bandlik agentligi MChJning hisob raqamiga 52 nafar arizachilardan umumiy miqdorda 1 670 500 000 so‘m kelib tushgan.

Biroq arizachilardan hech biri chet elda ishga joylashtirilmagan. MChJ jabrlanuvchilarga pullarni qaytarib bermaganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘zining rasmiy saytida xabar bergan edi.

Tergov-oldi harakatlari Yakkasaroy tumani IIO FMB va prokuraturasi tomonidan hamkorlikda olib borildi. Natijada Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismi «a» bandi («Firibgarlik, juda ko‘p miqdorda») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirgi vaqtda ayblanuvchi sifatida ushbu MChJ direktori 29 yoshli Shoxnur F. jalb qilindi.

Yuqoridagi arizachilardan tashqari, hozirgi vaqtda respublikaning boshqa viloyatlaridan ham arizachilar murojaat qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring