Hukumat qarori: ham o‘qib, ham ishlash mumkin
«Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida»gi Hukumat qarori (163-son, 29.03.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021/2022-o‘quv yilidan professional ta’lim tizimida dual ta’lim tashkil etiladi.
Dual ta’lim – bu ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib boruvchi tizimdir.
Dual ta’limni tashkil etish uchun hokimliklar va manfaatdor vazirliklar tomonidan o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi va taklif tayyorlanadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi har yili 1-iyulgacha dual ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlanadigan ta’lim muassasalarini belgilaydi.
Tanlangan ta’lim muassasalari belgilangan kvotalar bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qiladi.
Ta’lim muassasalari kadrlarga ehtiyoji bo‘lgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma tashkilot va o‘quvchi o‘rtasida ham tuziladi. Bunda o‘quvchi uchun tashkilotda muayyan ish o‘rni ajratiladi.
O‘quvchilar bir haftada kamida ikki kun ta’lim oladi qolgan kunlar ishlaydi.
O‘quvchiga ishlagan kunlari uchun haq to‘lanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter