Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat qarori: Eski avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish taqiqlanadi

Hukumat qarori: Eski avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish taqiqlanadi

Foto: «Uz24.uz»

Yo‘lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Hukumat qarori (2019-yil 22-may, 424-son) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab:

Tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo, xalqaro va turistik yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish faqat maxsus jihozlangan xizmat avtomobillaridan foydalangan holda ichki ishlar organlari hamrohligida amalga oshiriladi.

Avtobuslarga ichki ishlar organlarining hamrohlik qilishi davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibida yoki shartnomalar tuzilgan holda pulli asosda kechadi.

Ichki ishlar organlari hamrohlik qiladigan avtobuslar bevosita qatnov yo‘liga chiqishdan oldin texnik holati yuzasidan majburiy tekshirishdan o‘tkaziladi.

Smenalar o‘rtasidagi dam olish vaqti 12 soatdan kamni tashkil etgan avtobuslar haydovchilarining safarga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Foydalanish muddati 15 yildan ortiq bo‘lgan avtobuslarda yo‘lovchilarni tashishga litsenziya kartochkalari berilmaydi. 2021-yil 1-yanvardan boshlab esa bunday avtobuslarda yo‘lovchilarni tashish taqiqlanadi.

Xayriya maqsadlarida tashkil etilgan aholining ijtimoiy zaif toifalari sirasiga kiradigan ekskursiya qiluvchi, turistik va boshqa guruhlarni tashishni bajaruvchi avtomobillarga hamrohlik qilish bepul amalga oshiriladi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring