«Huawei» ilk bor smartfon sotish bo‘yicha jahonda yetakchiga aylandi

Xitoyning «Huawei Technologies» kompaniyasi birinchi bor smartfonlar savdosi bo‘yicha «Samsung»ni ortda qoldirdi. Bu haqda «Canalys» tahliliy kompaniyasi xabar berdi.
Kompaniya bunday ko‘rsatkichlarga 2020-yilning ikkinchi choragi oxirida erishdi.
Tahlilchilarga ko‘ra, aprel-iyun oylarida «Huawei» 55,8 million dona smartfon sotdi, bu bir yil avvalgiga nisbatan 5 foizga kam, «Samsung»ning savdosi koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan muammolar tufayli 30 foizga kamaygan - 53,7 million dona smartfon.
So‘nggi to‘qqiz yil ichida «Samsung» ham, Amerikaning «Apple» kompaniyasi ham dunyoda smartfonlar savdosida etakchilik qilishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter