Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Huawei Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida trening o‘tkazdi

Huawei Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida trening o‘tkazdi

O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti mutaxassislari va o‘qituvchilari uchun irrigatsiya va qishloq xo‘jaligida IT texnologiyalarini qo‘llash mavzusida trening o‘tkazdi.

Huawei kompaniyasi o‘zining korporativ ijtimoiy ma’suliyati doirasida hamda O‘zbekistonda ta’lim sohasiga innovatsion raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) bilan birgalikda 2021-yilning yanvar oyida «data senter» (ma’lumotlar markazi) ni ishga tushirish loyihasini amalga oshirdi. Kompaniya tomonidan kelgusida «aqlli» raqamli universitetni yaratishda foydalanish, shuningdek, irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi sohasida IT texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv jarayonlari va sinov loyihalari davomida ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlashda foydalanish uchun modulli formatdagi Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (MQIM) shaklidagi yechim taqdim etildi.

Bulutli yechimlar bo‘yicha mintaqaviy mutaxassis tomonidan «Huawei kompaniyasining IT-uskunalari va ushbu texnologiyalarning «aqlli qishloq xo‘jaligi»da qo‘llanilishi» mavzusida taqdimotli ma’ruza o‘tkazildi va unda TIQXMMI mutaxassislari va o‘qituvchilari ishtirok etib, mazkur yechimlarning samaradorligi borasida batafsil ma’lumot olindi. Huawei kompaniyasining bulutli hisoblash sohasidagi faoliyati, server mahsulotlari va iqtisodiyotning agrar sektorida texnologiyalarning o‘rni haqida suhbat olib borildi.

Trening davomida tabiiy resurslardan foydalanishni nazorat qilish va oqilona tashkil etish uchun imkoniyatlar ochadigan qishloq xo‘jaligi sohasidagi aqlli yechimlarning potensial afzalliklari muhokama qilindi. Xususan, quyidagilarga alohida to‘xtalib o‘tildi:

— Tasvirlar va datchiklar yordamida qishloq xo‘jaligi ekinlari, tuproq va havoning holati bo‘yicha real vaqt rejimida monitoring olib borish mumkin, bu fermerlar uchun muayyan maydonlardagi o‘zgarishlarni kuzatish va ularga mos choralar ko‘rish imkoniyatlarini yaratadi;

— Aqlli sug‘orish tizimlari suv isrofgarchiligini minimal darajagacha kamaytirishga va uning kerakli vaqtda kerakli maydonlarga yetib borishini ta’minlashga imkon beradi;

— Tuproqni monitoring qilish tizimlari yer jinslarining umumiy sifati va kimyoviy tarkibini kuzatish imkoniyatiga ega. Bu esa fermerlarga ma’lum ekinlarning hosildorligini oshirishga va mahalliy darajadagi muammolarni, masalan, tuproqning tarkibidagi zaharli moddalar, sho‘r va kislotaning ortishi kabi muammolarni paydo bo‘lishi zahoti aniqlab, ularni bartaraf etishga imkon beradi;

— Hosildorlik monitoringi — hosil miqdori, sifati va tarkibidagi namlik darajasi haqidagi ma’lumotlarni geografik koordinatalarga bog‘lagan holda real vaqt rejimida olish imkonini beradi;

— Aqlli boshqaruv tizimlari real vaqt rejimida ma’lumotlarni tahlil qilish orqali o‘simliklar va mikrorayonlarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda yuqori samarali qishloq xo‘jaligini monitoring qilishga va boshqarishga imkonini beradi.



Datchiklar tomonidan to‘planadigan va boshqaruv tizimlari tomonidan qayta ishlanadigan axborotlar va ma’lumotlar sonini hisobga olgan holda, AKT infratuzilmasini tayyorlash zarurati qishloq xo‘jaligining raqamlashtirishga o‘tkazilishining asosiy sabablaridan biridir. AKT texnologiyalaridan xabardorlik darajasini va bilim darajasini oshirish ushbu sohada kadrlarni o‘z vaqtida tayyorlashga yordam beradi. Shu munosabat bilan Huawei kompaniyasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti mutaxassislari va professor-o‘qituvchilari uchun AKT bo‘yicha treninglar tashkil etishni davom ettiradi.

Huawei Uzbekistan kompaniyasi 20 yildan ortiq vaqtdan buyon innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali yosh avlodni doimiy qo‘llab-quvvatlash va iste’dodlarni rivojlantirish tamoyillariga asoslangan holda o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. 2020 yilda kompaniya tomonidan bir qator ijtimoiy loyihalar va ta’lim loyihalari, jumladan, Toshkent shahridagi ikkita maktabni raqamlashtirish uskunalari bilan ta’minlash ishlari, IT-muassasalari talabalari uchun «Seeds for the Future» o‘quv loyihasi, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikdagi «O‘zbekistonning AKT sharhlovchisi» tanlovi, shuningdek, «Ezgu Amal» jamoatchilik fondi» bilan hamkorlik ishlari amalga oshirildi. Shuningdek UNDP Uzbekistan bilan birgalikda Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tashabbusda ishtirok etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring