Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Huawei «Global tarmoqlarga ulanish indeksi»ning 7 yillik hisobotini e’lon qildi

Huawei «Global tarmoqlarga ulanish indeksi»ning 7 yillik hisobotini e’lon qildi

Huawei 2020 yil uchun «Global tarmoqqa ulanish indeksi» (Global Connectivity Index, GCI) hisobotini e’lon qildi. Tadqiqotlar kompaniya tomonidan ketma-ket 7 yildan buyon amalga oshirilmoqda. 2020 yil uchun GCI hisobotida ilk bor tarmoqlar raqamli transformatsiyasining besh muhim bosqichlari taklif etildi: vazifalar samaradorligi, funksional samaradorlik, tizimli samaradorlik, tashkiliy samaradorlik va moslashuvchanlik, ekotizim barqarorligi va samaradorligi.

GCI 2020 xulosasi tarmoqlarning raqamli transformatsiyasi mamlakatlarga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va kelgusida raqobatbardoshlikni kuchaytirishga yordam beradi. GCI hisobotlarini tayyorlash doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ishlab chiqarish samaradorligini ko‘tara olgan va intellektual aloqa vositalari yordamida raqamli texnologiyalarga o‘ta olgan mamlakatlarda, bir xodimga yoki ish soatiga hisobida GBA (yalpi qo‘shilgan qiymat) ko‘rsatkichi odatda yuqori bo‘lgan.

Ushbu hisobotda har bir mamlakatda 2015 yildan boshlab GCI ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi tahlil qilingan. Yetakchi mamlakatlar, yangi mamlakatlar va o‘zgalar tajribasiga suyanuvchi mamlakatlardagi o‘rtacha ko‘rsatkichlar 2015 yildan boshlab o‘sgan. Bunda eng yuqori yalpi yillik o‘sish sur’atlarini (KAGR) tarmoqdagi yangi mamlakatlar, ular ketidan boshqalar tajribasini o‘rganib yo‘l tutayotgan mamlakatlar, so‘ngra esa yetakchi mamlakatlar namoyon etmoqda. Bu yangi qatnashchilar boshqa ikki toifa mamlakatlarini quvib yetib, raqamli tafovutni qisqartirishga erishayotganidan dalolat beradi.



2020 yil uchun hisoboti shuningdek, keng polosali aloqa sohasida ham yangi mamlakatlar sezilarli taraqqiyotga erishganlarini ko‘rsatdi. Mazkur mamlakatlarda mobil keng polosali aloqa tarmoqlarining qamrov zonasi 2,5 barobar ortgani, aloqadan foydalanish imkoniyati 25%ga ko‘paygani, 4G tarmoqlari foydalanuvchilari ulushi 1%dan 19%gacha o‘sganini ko‘rish mumkin. Bu yutuqlar yangi mamlakatlarga ancha yuqori sifatga ega kompleks raqamli xizmatlarni taklif qilish va iqtisodiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlardan foydalanish imkoniyatini berdi. Shuningdek, 2014 yildan boshlab ularning elektron savdo xarajatlari deyarli ikki marta o‘sdi va bir kishiga 2000 AQSh dollarini tashkil etdi. Ba’zi bir yangi mamlakatlar YaIMning o‘sishini 22%gacha ta’minlagan va GCIni 17%gacha oshirishga erishgan holda, GCIning nisbatan yuqori ko‘rsatkichlariga ega mamlakatlar klasteri safiga qo‘shilishga muvaffaq bo‘ldi. 2020 yilda Vmyetnam va Peru o‘zgalar tajribasiga suyanuvchi mamlakatlar qatoridan joy oldi.

Yetakchi mamlakatlardagi tashkilotlar IT uchun xarajatlarning avvalgi darajasini saqlab qolish istagini bildirmoqda

Izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, kompaniyalarning IT ga investitsiyalar kiritishga tayyorligi ular qayerda joylashganligiga bog‘liq. Yetakchi mamlakatlar va o‘zgalar tajribasiga suyanuvchi mamlakatlardagi kompaniyalarning IT uchun budjeti boshqa sohalar uchun ajratiladigan budjetning mo‘ljallangan miqdoridan yuqori. Shuningdek, ushbu mamlakatlardagi kompaniyalar o‘z IT budjetlarini boshqa mamlakatlarga nisbatan o‘rtacha 2,5–3,5ga qisqartirdilar. Nisbatan rivojlangan infratuzilmaga ega mamlakatlar pandemiyaning iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish, uni jadal tarzda tiklash va yuqori tartibdagi unumdorlik modeli transformatsiyasining uzluksizligini ta’minlab berishning ko‘proq imkoniyatlariga ega.

Iqtisodiyot sektorlarining raqamli transformatsiyasi mamlakatlarga kelajakda iqtisodiy tiklanish va raqobatbardoshlikni oshirishni rag‘batlantirish uchun «nisbatan yuqori tartibdagi» samaradorlikni rivojlantirishga yordam beradi.

Mamlakatlar juda yuqori samaraga erishish uchun ishlab chiqarish omillarining noyob to‘plami negizida AKTga ko‘proq investitsiyalarni jalb etishlari zarur. Umuman olganda, iqtisodiyot turli sektorlardan tarkib topadi, odatda, ularning ikki yoki uchtasi yetakchilik qiladi. GCI 2020 hisobotida mamlakatning AKT sohasiga doir strategiyasi to‘plangan tarmoq afzalliklariga asoslanishi kerakligi aytib o‘tilgan. Tarmoqlarga bog‘liq bo‘lmagan tarzda, raqamli texnologiyalardan yanada kengroq foydalanish qo‘shilgan qiymatning o‘sishini ta’minlab beradi.

2020 yil uchun GCI hisobotida ilk bor iqtisodiyot tarmoqlari raqamli transformatsiyasining besh muhim bosqichi taqdim qilindi:

1-bosqich: Vazifalar samaradorligi. Asosiy e’tibor bazaviy ulanish texnologiyalari va nisbatan samarali aloqa orqali alohida vazifalarning bajarilishini kuzatishga qaratiladi.

2-bosqich: Funksional samaradorlik. AKT ta’minlab beradigan kompyuterlashtirilgan yoki avtomatlashtirilgan funksiyalar bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni bajarish va axborotlar bilan samarali almashinish imkonini beradi.

3-bosqich: Tizimli samaradorlik. Asosiy e’tibor operatsiyalar samaradorligini oshirish maqsadida muhim tizimli funksiyalarni raqamlashtirishga qaratiladi. Mazkur bosqichda korxonalar ulanish texnologiyalari va bulutli servislarga ko‘proq ehtiyoj sezadilar.

4-bosqich: tashkiliy samaradorlik va moslashuvchanlik. Bunda korporativ jarayonlar raqamlashtirilgan, korporativ ilovalar bulutli tarmoqqa o‘tkazilgan, barcha tizimlarning samarali integratsiyasi amalga oshirilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, keng qamrovli tarmoqlar, bulutli ilovalarning keng yoyilishi, IA va buyumlar Internetidan (IoT) foydalanish real vaqtda ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan foydali ma’lumotlar olishni ta’minlab beradi.

5-bosqich: ekotizim samaradorligi va barqarorligi. Butun ekotizim raqamlashtirilgan, u bozorning o‘zgarishiga tezkor javob bera oladi va avtomatik koordinatsiyani hamda manfaatdor taraflarning tarmoqlararo hamkorligini ta’minlab berishga qodir. Reprezentativ texnologiyalar: 5G, buyumlar Interneti va robototexnika –yangi biznes-modellarni, faoliyat usullari va mahsulotlarini yuzaga kelishi uchun raqamlashtirish davomida kattadan-katta imkoniyatlarni ochib beradi.

«AKT turli tarmoqlar ichiga kirib borar ekan, raqamli transformatsiya mamlakatlar va korxonalar miqyosida yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi, — deya e’lon qildi Chjan Xunsi, Huawei AKT-infratuzilmasining marketing bo‘yicha direktori. — Ilk bor biz o‘z tadqiqotlarimizni mamlakatlardan tarmoqlargacha kengaytirishga muvaffaq bo‘ldik. Shuningdek, biz mamlakatlar va korxonalarga ularning kejalak tomon yo‘naltirilgan barqaror iqtisodiyotni qaror toptirishlarida yordam ko‘rsatish maqsadida turli bosqichdagi raqamli transformatsiyalar yo‘lini taklif etdik».

GCI hisobotlari siyosat arboblari hamda boshqa manfaatdor taraflar uchun qimmatli ma’lumotlarni taqdim etadi, ular esa o‘z navbatida, raqamli iqtisodiyot o‘sishiga ko‘maklashadi. GCI 2020 hisobotida jahon YaIMning 95%i va dunyo aholisining 84%i to‘g‘ri keladigan 79 ta mamlakat baholangan.

Batafsil ma’lumot uchun: https://www.huawei.com/minisite/gci/en/.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring